AQShning Nyu-York shahrida joylashgan “Empire State Building” binosida har yili o`tkaziladigan vertikal musobaqa bo`lib o`tdi, deya ma`lum qildi Koreespondent.ru nashri.
Ishtirokchilar 86 qavat va 1576 ta zinapoyani vertikal holda bosib o`tishlari lozim. Bu yil ushbu poygada dunyoning turli hududlaridan kelgan 200 dan ortiq sportchilar o`zaro bahs olib borishgan. Erkaklar o`rtasida rossiyalik Pyotr Lobodzinskiy g`olib bo`lgan bo`lsa, ayollar orasida Avstraliya vakilasi Syuzi Uolshem birinchilikni qo`lga kiritdi.






