Rossiyaning Leningrad viloyatida joylashgan yonilg`i sisternalari omborida katta yong`in sodir bo`ldi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, ketma-ket portlashlar ro`y bergan. O`t o`chiruvchilar etib kelgunga qadar alanga 12 ming kvadrat metrni egallab ulgurgan. Voqea ro`y bergan vaqtda ombor ichida bo`lgan 55 kishi qutqarib olindi. Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.






