AsosiyJamiyat

Xorijiy valyutani yashirishga urinish naf bermadi

'Xorijiy valyutani yashirishga urinish naf bermadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, O`zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo`lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga 5000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli ruxsatnomasi talab etiladi.

Naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida fosh qilindi.

Mazkur post orqali avtoransport vositasida yo`lovchi sifatida chiqib ketayotgan yana bir shaxsning qing`ir qilmishlariga ham chek qo`yildi. Bojxona xodimlarini chalg`itishga uringan ushbu shaxs sumkasini bojxona nazoratiga taqdim qilishdan avval, undagi yashirilgan 25 ming AQSh dollarini atrofdagilargan sezdirmay, cho`ntagiga soladi. Ammo, uning bu harakatlari bojxonachilarning e`tiboridan chetda qolmadi.

Shuningdek, post xodimlari kiyimlari orasiga yashirgancha, 10 ming AQSh dollarini yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilmasdan olib chiqishga uringan yana bir shaxsning qonunga zid xatti-harakatlariga o`z vaqtida chek qo`yishdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar