AsosiyJamiyat

Erto`laga berkitilgan og`u fosh etildi

'Erto`laga berkitilgan og`u fosh etildi'ning rasmi

Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi tezkor vakillari hamda DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining o`zaro hamkorligida viloyat hududida giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug`ullanib kelayotgan qonunbuzarlar faoliyatiga chek qo`yildi.

Bo`lib o`tgan tezkor tadbir davomida, fuqaro G.A ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadonning erto`la qismidagi javon ustida yashirib qo`yilgan qora rangli polietilen paketga solingan giyohvandlik moddasiga o`xshash moddalar borligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ularning sof og`irligi 49,78 grammga teng bo`lgan marixuana giyoxvand moddasi ekanligi tasdiqlandi.

Yana bir holatda Buxoro shahrida yashovchi fuqaro B.N xonadoni ko`zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasiga sof og`irligi 27,91 grammga teng bo`lgan marixuana giyohvandlik moddasi berkitilganligi o`z isbotini topdi.

Xuddi shunday jinoyat, fuqaro O. O` tomonidan ham sodir etilgan bo`lib, tezkor guruh vakillari uning ham xonadonidan 21,64 grammga teng, tarkibida faol giyohvandlik vositasi-tetragidrokannabinol mavjud bo`lgan marixuana giyohvandlik moddasini ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olishdi.

Hozirda aniqlangan har uchala holat yuzasidan ham tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar