AsosiyJamiyat

O`zbekiston Adliya vazirligining xodimlari Singapur hamkorlik dasturining qisqa muddatli kurslarida ishtirok etishadi

'O`zbekiston Adliya vazirligining xodimlari Singapur hamkorlik dasturining qisqa muddatli kurslarida ishtirok etishadi'ning rasmi

Sankt-Peterburgda o`tayotgan IX xalqaro yuridik forum doirasida 16 may kuni O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov huquq va sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha Singapur katta davlat adliya vaziri Edvin Tong bilan uchrashdi. O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov mehmonlarni qutlar ekan, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, Singapurning huquq sohasidagi tajribasini o`rganish zaruriyatini qayd etdi. Xususan, yaqinda Singapurda qabul qilingan onlayn-yolg`on va manipulyasiyalardan himoyalanish to`g`risidagi Qonun tilga olindi.

Shuningdek R. Davletov O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Singapur hamkorlik dasturining qisqa muddatli kurslarida ishtirok etishga taklif etilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.Ushbu dastur «Xalqaro havo huquqi: qo`llanilishi va amaliyot», «Davlat-xususiy sherikligi bo`yicha infratuzilma loyihalari», «Raqamli iqtisodiyot – ulkan ma`lumotlar va analitika», «Moliyaviytexnologiyalar: Imkoniyatlar va muammolar (Fintech)» kabi yo`nalishlarni ko`zda tutadi.

O`z navbatida, Singapurning Huquq va sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha kattadavlat vaziri Edvin Tong hamjoriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkentda bo`lib o`tgan «Tashkent Law Spring» Xalqaro yuridik forumiyuksak darajada tashkillashtirilgani qayd etdi va ushbu tadbirda ishtirok etish imkoniyati taqdim etilgani uchunminatdorchilik bildirdi.

Muloqot chog`ida tomonlar kelgusida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegasiyasining Sankt-Peterburgda o`tayotgan IX xalqaro yuridik forumidagi ishtiroki davom etmoqda.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar