AsosiyJamiyat

​Bojxona xodimlari tomonidan tamaki maxsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'​Bojxona xodimlari tomonidan tamaki maxsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig`iga ega bo`lgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilishiga qarshi keskin choralar ko`rilmoqda. Shunga qaramay bunday holatlar hali hamon uchrab turibdi.

“S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelganfuqaro R.R. ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, belgilangan me`yoridan ortiqcha bo`lgan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 126 quti elektron sigaret mahsulotlarni noqonuniy tarzda olib o`tayotganligi aniqlandi.

Yana bir holatda, mazkur post orqali qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.M.ni og`zaki so`rovdan so`ng, xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, egnidagi shimiga yashirilgan, og`zaki so`rovda taqdim qilinmagan xorijda ishlab chiqarilgan 80 quti elektron sigaret mahsulotlarni yashirib olib kirishga bo`lgan xarakatlari fosh qilindi.

Shuningdek, “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga kirib kelgan yana bir fuqaro B.G. ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, polietilen paketga solingan noqonuniy 57 quti tamaki maxsulotlarini qo`shni davlatdan yashirib olib kirishga bo`lgan urinishlari zoe ketdi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.Bojxona xodimlari tomonidan tamaki maxsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig`iga ega bo`lgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilishiga qarshi keskin choralar ko`rilmoqda. Shunga qaramay bunday holatlar hali hamon uchrab turibdi.

“S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelganfuqaro R.R. ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, belgilangan me`yoridan ortiqcha bo`lgan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 126 quti elektron sigaret mahsulotlarni noqonuniy tarzda olib o`tayotganligi aniqlandi.

Yana bir holatda, mazkur post orqali qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.M.ni og`zaki so`rovdan so`ng, xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, egnidagi shimiga yashirilgan, og`zaki so`rovda taqdim qilinmagan xorijda ishlab chiqarilgan 80 quti elektron sigaret mahsulotlarni yashirib olib kirishga bo`lgan xarakatlari fosh qilindi.

Shuningdek, “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga kirib kelgan yana bir fuqaro B.G. ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, polietilen paketga solingan noqonuniy 57 quti tamaki maxsulotlarini qo`shni davlatdan yashirib olib kirishga bo`lgan urinishlari zoe ketdi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar