Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko boshchiligidagi delegasiyaning Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 10 yilligiga bag`ishlangan tadbirga tashrifi doirasida bu borada kelishuvga erishildi.
Politecnico di Torino va TTPU o`rtasida imzolangan xalqaro akademik tashabbuslarni amalga oshirish bo`yicha hamkorlik memorandumiga ko`ra doktorlik imtihoniga nomzodlar birgalikda tayyorlanadi.
Shartnomani amalga oshirish uchun birgalikda doktorlik qo`mitasi tuzilib, qo`mita doktorlik dasturiga kiradigan nomzodlarning ilmiy faoliyatini baholaydi, ta`limning uch yillik davrida ularning o`sishini monitoring hamda tahlil qiladi.
Qolaversa, qo`mita har yili ro`yxatga olinadigan nomzodlar sonini belgilaydi, shartnomani yangilash bo`yicha takliflar beradi hamda barcha doktorantlarning Italiya va O`zbekiston qonunchiligiga rioya qilishlarini nazorat qiladi.






