O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo`ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-4067 sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida bugun qishloq xo`jaligi va yuk tashish transporti uchun disk ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha “Toshkent qishloq xo`jaligi texnikasi zavodi” AJ hamda «Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltd.» Xitoyning etakchi disk ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o`rtasida qo`shma korxona tuzish bo`yicha kelishuvga erishildi.
Yangi qo`shma korxonaning nizom jamg`armasi 3,4 mln. AQSh dollarni tashkil etadi, shundan 1,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi to`g`ridan-to`g`ri chet el investisiyasi kiritilishi belgilangan. Kelishuvga asosan korxonaga 30 dan ortiq yangi zamonaviy asbob-uskunalar olib kelinadi.
Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming dona g`ildirak disklari ishlab chiqarish tashkil etib, mamlakatimizning ushbu mahsulotga bo`lgan ehtiyojni to`liq qondiradi. Yangi tashkil etilayotgan korxonada 100 ga yaqin yangi ishchi o`rinlari yaratiladi.
Ushbu korxona 2020 yilning birinchi chorak yakunida to`liq ishga tushurilishi rejalashtirilgan.






