AsosiySiyosat

Prezident Xonobod sihatgohini borib ko`rdi

'Prezident Xonobod sihatgohini borib ko`rdi'ning rasmi

So`lim tabiati bilan mashhur Xonobodda bir paytlar qurila boshlagan sanatoriy qarovsiz holda qolib ketgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 2 iyunda bu erga kelib, uni obodonlashtirish, aholi dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish bo`yicha topshiriqlar bergan edi.

O`tgan yili bu erda 180 o`rinli zamonaviy sihatgoh ishga tushirildi. Davolash binolari, standart, yarimlyuks va lyuks xonalar, 6 ta apartamentda barcha sharoitlar yaratildi.

Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ushbu maskan toza havosi va shifobaxsh suvi bilan nafas yo`llari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan. Mineral vannalar, fizioterapiya, elektroforez, galvanizasiya, igna bilan davolash, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya yo`lga qo`yilgan.

Davlatimiz rahbari sanatoriyda yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi. Endi ushbu tog`li hududda engil konstruksiyalardan mehmon uylari tashkil etish zarurligini ta`kidladi. Shavkat Mirziyoev bu xizmatlar narxini kamaytirib, qamrovni kengaytirish, yana ko`plab odamlarni ish bilan ta`minlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Shu erda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o`tkazildi. Xonobod faollari bilan muloqot bo`lib o`tdi.


    Boshqa yangiliklar