Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o`rinbosari Berdialiev Sodiqjon Alijonovich Samarqand viloyatida sayyor qabullarni olib bormoqda.
Xususan, joriy yilning 15 may kuni Samarqand shahrida Majburiy ijro byurosi Samarqand tuman bo`limi binosida viloyatning Samarqand shahri, Samarqand, Tayloq, Urgut, Jomboy, Bulung`ur, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o`tkazildi.
Sayyor qabulda, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.
Sayyor qabul davomida o`nga yaqin fuqarolarlarning murojaati eshitildi.
Fuqarolarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, joyida hal etish choralari ko`rildi
Byuro direktorining o`rinbosari S.Berdialievning Samarqand viloyatiga tashrifi chog`idagi keyingi sayyor qabul bugun 16 may kuni Narpay tumanida davom etadi.
Ma`lumot o`rnida, fuqaro R.Yakubov xonadonida elektr energiyasidan asossiz qarzdorlik masalasi ijobiy hal etilganini bildirib, Byuro rahbariyatiga shaxsan minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, fuqaro N.Bobojonovaning ham aliment pullarini o`z vaqtida olmayotgani haqidagi murojaati ham ijobiy hal etildi.






