AsosiyJamiyat

Uy joydan ajrab qolishdan qo`rqqan alimentchi ota oilani tiklashni afzal ko`rdi

'Uy joydan ajrab qolishdan  qo`rqqan alimentchi ota oilani tiklashni afzal ko`rdi'ning rasmi

Majburiy ijro Byurosi Pskent tuman bo`limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo`yicha O`rtachirchiq tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan, qarzdor A.Otaxonovdan undiruvchi D.Otaxonova foydasiga 1/2 kism miqdorda aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud bo`lib, qarzdor qasddan alement to`lamaslik maqsadida ancha vaqtgacha qochib yurgan.

Natijada qochoq otaning alimentdan qarzi 35 million so`mdan oshib ketgan. Byuroning Pskent tumani davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan Toshkent viloyati Olmaliq shahri Moskva ko`chasi 28/10 uy manzilida joylashgan uy-joy xatlanib, vaqtincha saqlash uchun undiruvchi topshirilgan.

Shundan so`ng, almentchi ota oilasi bilan yashash niyati borligini bildirib,undiruvchi bilan o`zaro kelishgani sabab, voyaga etmagan farzandning onasi, Byuroning Pskent tuman bo`limiga ijro hujjatini ijrosiz qaytarish ya`ni tugatish bo`yicha ariza bilan murojaat kilgan.

    Boshqa yangiliklar