AsosiyJamiyat

Bugun “Humo arena”muz saroyida vatanparvarlik festivali bo`lib o`tadi

'Bugun “Humo arena”muz saroyida vatanparvarlik festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

Bugun, 7 may kuni “Humo arena” muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O`zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali tashkil etiladi.

9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan o`tkazilayotgan bayram tadbiridan harbiy orkestr va san`atkorlarning vatanparvarlik ruhidagi quy va qo`shiqlaridan iborat konsert dasturi, harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, yurt himoyachilarining qo`l jangi va saf elementlari bilan chiqishlari o`rin olgan.

Festivalda barcha yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz mehmonlari ishtirok etishi mumkin bo`ladi. Tadbir ertalab soat 9.30 dan boshlanib, kechki 19.00 gacha davom etadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar