Samarqand shahridagi harbiy qism qo`mondonligi hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan ko`rgazmali mashg`ulotlar tashkil etildi. Bu haqda qism komandiri o`rinbosari podpolkovnik Shavkat Abdurahimov xabar berdi.
Dastlab, bolajonlarga bir nechta sport turlari bo`yicha harbiy sportchilar tomonidan “master klass” mashg`ulotlari tashkil etildi. Shundan so`ng qo`l jangi chiqishlari hamda konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir so`nggida harbiy xizmatchilar tomonidan 100 nafardan ziyod o`g`il-qizlarga sovg`alar topshirildi.






