AsosiyDunyo

Indoneziyada yana zilzila ro`y berdi

'Indoneziyada yana zilzila ro`y berdi'ning rasmi

Bugun Indoneziyaning Sulavesi oroli yaqinidagi Moluk dengizida 6,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Evropa-O`rta er dengizi seysmologiya markazi xabar tarqatdi, deb yozmoqda TASS nashri.

Xabar berilishicha, zilzila markazi Manado shahridan 166 km sharqda, erosti silkinishlari o`chog`i esa 60 km chuqurlikda joylashgan.

Jabrlanganlar va vayronalar haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.

Bu bugun Indoneziyada qayd etilgan ikkinchi kuchli zilzila bo`lib, bundan avvalroq, Palu shahridan 130 km janubiy-sharqda 5,4 ballik zilzila sodir bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar