Tataristonning Baltasin tumanida o`qituvchi va shifokorlarga ish joyida telefonni quvvatlantirish, shaxsiy texnika dan, shu jumladan elektr choynakdan foydalanish taqiqlandi, deb xabar berdi Lenta ru.nashri.
Mazkur farmoyishga tuman ijroiya qo`mitasi rahbari Aydar Xayrutdinov imzo chekkan. Hujjatga muvofiq, har bir tashkilot bir oy davomida qancha elektr quvvati sarflaganini maxsus daftarga qayd etib borishi lozim.
Elektr quvvatini tejash maqsadida shaxsiy mobil telefonlarini, smartfonlarni, elektr choynaklarni muassasa binosida quvvatlantirish taqiqlangan. Bunday taqiq bilan nafaqat elektr quvvatini tejash, balki yong`inning ham oldini olish ko`zda tutilgan.






