AsosiyJamiyat

Sifati kafolatlanmagan kosmetika vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi

'Sifati kafolatlanmagan kosmetika vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi'ning rasmi

Sifati kafolatlanmagan kosmetika maxsulotlarini respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi kurash olib borishda chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida xizmat o`tayotgan bojxonachilarning o`rni katta.

Xususan, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida «Seul-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha poytaxtimizga uchib kelgan uch nafar fuqaro E. X., N.A. va R.D. lar belgilangan tartida bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, fuqarolarga tegishli bo`lgan yuklarda bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan 1216 dona parfyumeriya, kosmetika vositalari va suniy kipriklar borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob kitoblarga ko`ra, olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 60,5 million so`mni tashkil qildi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar