AsosiyDunyo

Shifokorlar saratonga chalingan ayolga boshqa tashxis qo`yishdi

'Shifokorlar saratonga chalingan ayolga boshqa tashxis qo`yishdi'ning rasmi

Buyuk Britaniyalik shifokorlar uch yil davomida bemor ayolning tuxumdonidagi saratonni aniqlay olmay, unga tug`ruqdan keyingi depressiya holati, deb tashxis qo`yishdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Kler Tompson (Claire Thompson) Konui shahrida yashaydi, u 2013 yilda Ayven (Eirwen) ismli farzandini dunyoga keltirgandan keyin qorin dam bo`lishi, o`zini yomon his etayotganligidan shikoyat qilib, shifokorlarga murojaat etgan.

Uni tekshiruvdan o`tkazgan shifokorlar tug`ruqdan keyingi depressiya holati, deb tashxis qo`yishgan. Bora-bora ayolning ahvoli og`irlasha boshlagan. 2016 yilda kasalxonaga yotganda uning tuxumdonida xavfli o`simta borligi ma`lum bo`lgan va jarrohlik amaliyoti o`tkazilib, hayoti saqlab qolingan. Shundan keyin Tompson bunday xavfdan boshqa ayollarni ogohlantirishga qaror qilgan.

- Bir narsani bilishlaringizni istardim, qarshingizda turgan shifokor tanangizdagi o`zgarishlarni o`zingizchalik yaxshi bilmaydi. Jismingizda ro`y berayotgan og`riqlarni, o`zgarishlarni avvalo o`zingiz yaxshi bilishga, tushunishga harakat qiling, - deydi Tompson ayollarga qarata.

    Boshqa yangiliklar