AsosiyDunyo

Nursulton Nazarboev iste`foga chiqadi

'Nursulton Nazarboev iste`foga chiqadi 'ning rasmi

Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboev seshanba kuni iste`foga chiqishini e`lon qildi. U davlat boshlig`i sifatidagi vakolatlari to`xtalishi 2019 yil 20 martidan kuchga kirishi to`g`risidagi farmonga imzo chekdi, deya xabar bermoqda TASS nashri.

“Farmon qilaman: Qozog`iston Respublikasi 42-moddasi 3-bandiga muvofiq, 2019 yil 20 martdan boshlab Qozog`iston Respublikasi Prezidenti sifatida o`z vakolatlarimni to`xtataman”, - deyiladi respublika telekanallarida efirga uzatilgan respublika xalqiga murojaatda.

“Men prezident sifatidagi vakolatlarimni to`xtatishga qaror qildim”, - deydi Nazarboev o`z murojaatida. U 2019 yilda respublika rahbari lavozimiga kelganiga 30 yil to`lishini ta`kidladi. “Mustaqil Qozog`istonning birinchi prezidenti bo`lishdek buyuk xalqimning buyuk sharafiga muyassar bo`ldim”, - deydi siyosatdon.

Shu bilan birga, u respublika Xavfsizlik Kengashining raisi bo`lib qolishini aytdi. “Mamlakat qonunlari bo`yicha men birinchi prezident, Elboshi (millat etakchisi) maqomiga ega bo`ldim, qonunan ichki va tashqi siyosatni belgilashda jiddiy vakolatlarga ega Xavfsizlik Kengashi raisi bo`lib qolaman”, - deydi Nazarboev. U Konstitusiya kengash a`zosi va “Nur Otan” (“Vatan Nuri”) partiyasining raisi bo`lib qolishini qo`shimcha qildi.

Nazarboev shuningdek, respublikada islohotlarni davom ettiradigan yangi rahbarlar avlodi respublika hokimiyatiga kelishi kerakligi zarurati borligini ma`lum qildi.

Siyosatchi ta`kidlaganidek, amaldagi prezidentning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda uning vakolatlari mandat muddati tugashigacha Senat raisiga (parlamentning yuqori palatasiga) o`tkaziladi. Keyin respublikaning yangi prezidenti saylovlari bo`lib o`tadi.

Uning so`zlariga ko`ra, dunyo bir joyda to`xtab turgani yo`q: yangi imkoniyatlar, global demografik va texnologik chorlovlar, shuningdek, dunyo tartibining beqarorligi mavjud. Nazarboev har bir avlod o`z vazifalarini hal qilish kerakligini ta`kidladi.

Uning so`zlariga ko`ra, Qozog`iston prezidenti v.v.b. etib tayinlangan Qosim-Jo`mart Tokaevga mamlakat boshqaruvini ishonib topshirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar