Efiopiyada halokatga uchragan Boeing 737 MAX 8 samolyotida halok bo`lganlarning yaqinlariga jasad o`rniga tuproq berildi, deb xabar qilmoqda CNN nashri.
Boeing 737 MAX 8 samolyoti Efiopiyada parvozdan bir necha daqiqa o`tib, portlab qulagan edi. Samolyotdagi 157 nafar odamning barchasi halok bo`lgan.
Addis-Abebaga jasadlarni olib kelish uchun kelgan qurbonlarning qarindoshlariga halokat hududidan bir qopdan tuproq berildi. To DNK identifikasiyasi jarayoni tugamaguncha jasad qoldiqlari berilmaydi. Bu esa olti oy vaqtni olishi mumkin.






