AsosiyDunyo

Yangi “Olovuddin” tez orada namoyish etiladi (Video)

'Yangi “Olovuddin” tez orada namoyish etiladi (Video) 'ning rasmi

Shu kunlarda Walt Disney Picturesning “Olovuddin” nomli sarguzasht filmining treyleri namoyish etildi, deya ma`lum qilmoqda Kinonews.ru nashri.

Filmni britaniyalik Gay Richi suratga olgan. Oilaviy fentezining syujeti 1992 yilgi shu nomdagi multfilmga asoslangan.

To`liq metrajli filmda bosh rollarni Uill Smit, Billi Magnussen, Naomi Skott, Mena Massud, Marvan Kenzari, Nozim Pedrad, Navid Negaban ijro etishgan.

“Olovuddin” hozircha 2019 yilning eng intiqib kutilayotgan filmlar ro`yxatining sakkizinchi o`rnida turibdi.

Film may oyida katta ekranlarga chiqariladi.


Boshqa yangiliklar