Hindistonning Kashkida qishlog`ida bir ko`zli it etim qolgan maymunni qaramog`iga oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Rubi laqabli it bir taxminan bir yarim oy avval maymun bolasini itlar galasidan qutqarib qoladi. Shu paytgacha kuchukchalari bo`lmagan Rubi maymunchaga o`z farzandiday muomala qila boshlaydi. It maymunchani doim elkasida ko`tarib yuradi, o`z ko`kragi bilan emizadi va otalig`idagi jonivorga teginmoqchi bo`lganlarga jahl qilib beradi.
Ikki jonivor o`rtasidagi noodatiy munosabatni ko`rgani mahalliy qishloq aholisi tinmay qatnamoqda.






