Britaniyaning Margit shahrida istiqomat qiluvchi ayol ikki farzandni dunyoga keltirgach, sochlaridan butunlay mahrum bo`lganini tan oldi, deya xabar berdi The Sun nashri.
Rima Teysen (Rima Theisen)ning aytishicha, 2016 yili to`ng`ich farzandi dunyoga kelgach, ilk bor sochlari to`kila boshlagan. Tez orada bu holat to`xtaydi. Ammo 2017 yili qiz farzandi dunyoga kelgach, ayolning ahvoli yomonlashadi. 2018 yilning avgust oyiga kelib Rimaning sochlari butunlay to`kilib tushadi.
Rima tug`ruqdan keyin soch to`kilish holati yuz berishini, lekin bir necha oydan so`ng bu holat tugashini o`qiydi.
Shunday bo`lsa-da, ikkinchi farzandini tuqqach, uning sochlari shunchalik tez to`kiladiki, hatto o`sishga ulgurmaydi. Teysen terapevtga murojaat qidadi, biroq shifokor bunga jiddiy e`tibor qaratmaydi.
2018 yil may oyida ayol boshida qolgan yakkam-dukkam sochlarini butunlay qirib, soch tolalarini saratondan aziyat chekayotgan o`smirlarga hadya etishga qaror qiladi. Avvalboshda Teysen sochi yo`qligidan xavotirga tushadi, yasama soch taqib yuradi, lekin tez orada bu fikridan voz kechadi. Eri va yaqinlari unga dalda bo`lishadi.
2018 yilning iyul oyida Rima styuardessalik ishiga qaytadi. Yo`lovchilar esa undan kimyoterapiyadan o`tayotganligini so`rashadi. Tez orada uning qoshlari va kipriklari ham to`kilib tushadi. Yoz oxirida esa tanasidagi so`nggi tukdan ham asar qolmaydi. Teysen tabiiy ko`rinish uchun ulama kiprik taqib yurishga qaror qiladi.
Shifokorlarning tushuntirishicha, bu alopesiya hastaligi bo`lib, aksilimmunlar soch hujayralarini kemiradi. Bunday xastalik bilan og`riganlarda soch qayta o`sib chiqmaydi.






