O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, O`zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assosiasiyasining “Navro`z” kitob bayramiga tashrif buyuring. 19-29 mart kunlari Toshkent shahri bo`ylab “Navro`z” kitob bayrami xayriya aksiyasi o`tkaziladi.
Bayram arafasida sizni yirik kitoblar ko`rgazmasi, taniqli adiblar bilan uchrashuvlar, bahs-munozaralar, kitob xayriya aksiyalari va bayramona dasturlar kutmoqda.
15 mart kuni Gematologiya va qon qo`yish ilmiy-tekshirish markazida bemor bolalar uchun 300 ga yaqin bepul badiiy kitoblar ulashish xayriya aksiyasi, 15-18 mart kunlari turli istirohat bog`larida 10 dan ortiq kitob yarmarkalari, 19-20 mart kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da taniqli adiblar va adabiyot namoyondalari bilan ijodiy uchrashuv, shuningdek, kitob sanoati, noshirlik va kitobxonlikka bag`ishlangan ko`rgazmalar bo`lib o`tadi.
Ko`rgazmada muallif va tarjimonlar bilan muloqot vanashriyotlarning yangi loyihalari taqdimotida qatnashishingiz hamdanashriyotchilarga o`z taklif- tavsiya,fikr-mulohazalaringiznibildirishingiz mumkin.
Shuningdek, tadbirda noshirlar o`rtasida o`zaro hamkorlik, kitob do`koni tashkil etish, amaliyot va tajriba almashish, ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yosh tadbirkorlar uchun mahorat darslari o`tkazilishi ko`zda tutilgan.
Bundan tashqari 25-29 mart kunlari poytaxtning “Qatortol” ko`chasida joylashgan kitob-savdo markazida noshirlik va o`qish uchun mo`ljallanganbadiiy asarlar ko`rgazmalari ham o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, yuqorida ta`kidlangan barcha tadbirlar “Navro`z” kitob bayrami shiori ostida o`tkaziladi.
Ma`lumot uchun: 99 898-42-32






