Fransiyada “sariq nimchalilar” harakati o`tgan bir necha oy ichida ilk bor eng past darajaga etdi, deya xabar bermoqda Rambler nashri.
Ushbu ma`lumot mamlakat IIV tomonidan berilmoqda. O`tgan haftada 90 ming kishi aksiyada ishtirok etgan bo`lsa, bu hafta ularning soni 28 ming nafarni tashkil etdi. “Sariq nimchalilar” aksiyasi faollarining o`zlari ham saflari tobora kamayib borayotganini ta`kidlashmoqda. Shuningdek, bu hafta polisiya ularga nisbatan ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga hojat bo`lmaganini xabar qildi.






