AsosiySport

O`zbek karatechilarining Qozog`istondagi muvaffaqiyatlari

'O`zbek karatechilarining Qozog`istondagi muvaffaqiyatlari'ning rasmi

9-10 mart kunlari qo`shni Qozog`istonning Taraz shahrida shinkiokushinkay karate bo`yicha Jambul viloyati Ochiq chempionati o`tkazildi. Musobaqada mezbonlardan tashqari Qirg`iziston, Tojikiston hamda mamlakatimizdan jami 350 nafar sportchi g`oliblik uchun tatamiga chiqdi.

O`zbekiston nomidan ushbu musobaqada qatnashgan “Nur-Xas” shinkiokushinkay karate markazining uch nafar vakili yakunda sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan, o`smirlar o`rtasida 45 kg.gacha vazn toifasida tatamiga chiqqan Og`abek Xoliqulov bronza medaliga sazovor bo`ldi. Mardonov Tolib esa kata bahslarida faxrli 3-o`rinni qo`lga kiritdi va u ham bronza medali bilan taqdirlandi. Nihoyat qizlar o`rtasida vazni 55 kg.gacha bo`lgan sportchilar o`rtasida o`tkazilgan bahslarda O`g`iloy Sayfieva ham jamoadoshlari an`anasini davom ettirib, bronza medalini qo`lga kiritdi.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz nafaqat sportchi, balki hakam sifatida ham vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Jumladan, navoiylik Mutal Nazarov shinkiokushinkay karate bo`yicha Jambul viloyati Ochiq chempionatida “Eng halol hakam” nominasiyasiga munosib ko`rildi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.


    Boshqa yangiliklar