O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida Harbiy jurnalistika kasbiy qayta tayyorlash kursi va 2019-2020 o`quv yillarida Harbiy jurnalistika yo`nalishi ochilishining taqdimoti boshlandi.
Unda universitet rahbariyati, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari, talabalar, sohaga qiziquvchi yoshlar, jurnalistlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda ta`kidlanganidek, bugun ixtisoslashgan jurnalist kadrlar etishtirish masalasi soha oldida turgan dolzarb masalalardan biri. Ayni shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda O`zbekistonda ilk bor harbiy soha vakillari uchun maxsus jurnalistik o`quv kurslari tashkil etilmoqda. Harbiy soha uchun ixtisoslashgan jurnalist mudofaa tashkilotlari va jangovar maydonda zaruriy ma`lumotlarni qayta ishlash, zamonaviy axborot texnologiyalarining barcha sir-asrorlarini yaxshi o`zlashtirgan va tezkor axborot etkaza olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim.
Shuningdek, harbiy jurnalistlar O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, soha xabarlarini OAVda yoritib borishi, jismonan va aqlan kuchli salohiyatga ega bo`lishi zarurdir.
Ayni paytda mazkur tadbir davom etmoqda.
O`zA






