Jo Rayt “Maxluqlar bog`ida” dramasining reissyorlik kursisini egallamoqchi, deya ma`lum qildi Kinopoisk.ru nashri.
“Maxluqlar bog`ida” Erik Larsonning romani bo`lib, unda Tom Xenks bosh rolni ijro etishi kutilmoqda.
Asarda Chikago universitetining kamtargina o`qituvchisi bo`lmish Uillyam Dodd haqida so`z borib, u 1933 yili AQShning Gitler Germaniyasidagi ilk elchisiga aylanadi.
Jo Rayt bir necha bor Ikkinchi jahon urushi mavzusiga murojaat etgan bo`lib, xususan, 2007 yili “gunohni yuvish”, 2017 yili “Zulmat zamonasi” filmlarini suratga olgan.






