Misrdagi Luksor muzeyida fir`avn Tutanxamonning qayig`i uchun etishmayotgan detallar topildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Ushbu artefaktlar qariyb yarim asrdan beri yo`qolgan deb hisoblanar edi.
Gap 1922 yili luksor yaqinidagi Podsholar Voydiysidagi Tutanxamon daxmasini ochgan Hovard Karter tomonidan topilgan artefaktlar haqida ketmoqda.
Topilmalar 1973 yildan beri yo`qolgan deb hisoblanib kelinardi.
Muzeyda topilgan qutida yog`och machta va qayiqning boshqa elementlari bor ekan. Bu elementlar marhum narigi dunyoda suvda suzib, baliq tutishi uchun tobutga solingan.






