AQShning Alabama shtatida ketma-ket sodir bo`lgan tornado tufayli hayotdan ko`z yumganlar soni 23 nafarga etdi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Qurbonlar orasida 3 nafar bolalar borligi xabar qilinmoqda. Bundan tashqari, jarohat olib, kasalxonaga etkazilayotgan bemorlar soni ham borgan sari ko`payib bormoqda. Shifokorlar ayni vaqtgacha 50 kishini qayd etishgan. Maxsus guruh hamda fuqarolar talofat keltirgan vayronalarni tozalash bilan band. Ma`lumotlarga ko`ra, bu 2013 yildan buyon kuzatilgan eng kuchli tornadodir. Bo`ron vaqtida shamol tezligi soatiga 274 km.ga etgan.






