AsosiyDunyo

Yukatanda mayyalar davriga oid buyumlar topildi

'Yukatanda mayyalar davriga oid buyumlar topildi 'ning rasmi

Meksikalik arxeologlar Yukatan hududi yaqinidan qadimiy mayyalar davriga oid buyumlarni topishdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Balanankan g`orini qayta tekshirish ishlari chog`ida olimlari o`zlari kutganlaridan ham ortiq topilmalarga duch kelishdi. Arxeologlarning so`zlariga ko`ra, ushbu qadimiy buyumlar to`plami diniy marosimlar o`tkazish uchun mo`ljallangan. Ular orasida idishlar, mash`alalar va turli haykalchalar bor. Mayyalar bu erda ma`budlar uchun qurbonlik qilishgan, degan taxminlar bor. Tadqiqotlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar