AsosiyJamiyat

Quyuq tuman sababli Toshkent aeroportida samolyotlar zaxira aeroportlariga yo`naltirilmoqda​

'Quyuq tuman sababli Toshkent aeroportida samolyotlar zaxira aeroportlariga yo`naltirilmoqda​'ning rasmi

Bugun, 6 mart kuni tongda meteosharoit tufayli "O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasining Toshkent xalqaro aeroportiga qo`nishi kerak bo`lgan samolyotlari zaxira aeroportlariga yo`naltirildi.

Bunga poytaxtdagi qalin tuman sabab bo`ldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Parij – Toshkent yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan "Boeing 757" samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga, Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan Turkiyaning "Airbus A-330" samolyoti esa Navoiy xalqaro aeroportiga qo`ndirildi

    Boshqa yangiliklar