Kecha, 3 mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ikki kishi baxtsiz hodisa natijasida vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Manba xabariga ko`ra, nafaqadagi R.M. (ism-sharifli ayol)ning uyidagi isitish pechi yoqilgan holda nazoratsiz qoldirilgan. Oqibatda, pechdan sizib chiqqan is gazidan R.M. va uning 48 yoshli qizi zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






