AsosiyJamiyat

FVVning bir qator xodimlari "A`lo xizmatlari uchun" ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar

'FVVning bir qator xodimlari "A`lo xizmatlari uchun" ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar'ning rasmi

Bugun, 4 mart - Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun. Ushba sana munosabati bilan vazirlikda tadbir bo`lib o`tdi.

Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxon Xudoyberganov so`zga chiqib, o`tgan davr mobaynida vazirlik tomonidan yurtimiz aholisi va hududlarini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, aholini favqulodda vaziyatlarda to`g`ri harakatlanishiga oid bilimlarini mustahkamlash, qutqaruv tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari va vositalari bilan ta`minlash, moddiy texnik bazasini takomillashtirish borasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilganligini alohida ta`kidlab o`tdi va vazirlik tizimi xodimlarini qizg`in qutladi.

Quvonarlisi, bugungi kunda tizimda foydalanilayotgan maxsus tezkor avariya-qutqaruv transportlarining qariyb 60 foizi Samarqand, Andijon va Xorazmda ishlab chiqarilgan “ISUZU”, “MAN” va “DAMAS” avtomobillardan tashkil topgan.

Xorijiy markazlar bilan tabiiy ofatlar va falokatlardan muhofaza qilish hamda ularning oldini olish bo`yicha Rossiya Federasiyasi, Amerika Qo`shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Ukraina, Latviya va boshqa mamlakatlar bilan amaliy hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Tabiiy ofatlarni kamaytirish xalqaro strategiyasi va Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo`yicha Osiyo markazi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida favqulodda vaziyatlar xavfining oldini olishga doir ilg`or amaliy tajribalarni almashish borasida samarali faoliyat olib borilmoqda.

Tadbir davomida vazirlikning bir qator xizmatchilari va harbiy xizmatchilari vazirlik tomonidan ta`sis etilgan "A`lo xizmatlari uchun" ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar.

    Boshqa yangiliklar