Toshkent-Buxoro yo`lida Neksiya avtomobili yonib ketgani haqida xabar bergandik.
IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi yong`in haqida rasmiy ma`lumotni taqdim etdi.
Unda qayd qilinishicha, 2019 yilning 3 mart kuni Sirdaryo viloyati M-39 yo`lining Toshkent-Termiz 937-km.da harakatlanib ketayotgan 1967 y.t. fuqaro Sh.X. boshqaruvida bo`lgan “NEXIA” rusumli avtomobilining motor qismida nosozlik sezib, to`xtagan vaqtida avtomobilda yong`in sodir bo`lgan.
Yong`in boshlangan vaqtda haydovchi va 4 nafar yo`lovchilar 2 nafar yosh bolalari bilan (2009 va 2018 y.t) avtomobildan tushib qolishga ulgurgan. Hech kim tan jarohati olmagan.

Yong`in oqibatida avtomobil to`liq zararlangan. Yong`inni bartaraf etishga 1 ta yong`in o`chirish ekipaji jalb etilgan. Yong`inni taxminiy sababi sifatida avtomobilning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi ko`rsatilmoqda.
Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea sodir bo`lgan joydan yong`in o`chirish qismigacha bo`lgan masofa 19 km.ni tashkil etadi.






