2019 yil 23 fevral kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi R.S.(ismli ayol) uyida kechki ovqat vaqtida, oila a`zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salat (marinovanne)ni iste`mol qilib, oilaviy zaharlanganlar.
Natijada ular kasalxonaga yotqizilib, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 16 yoshli nabirasi D.D. vafot etgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 22 fevral kuni Urgutda yong`in oqibatida besh kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.






