Yakshanba kuni Tokio shahrida o`tkazilgan an`anaviy o`t o`chiruvchilar yangi yil bayramida 2,8 mingdan ortiq odam ishtirok etdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Mazkur bayramda o`t o`chiruvchilar texnika vositalari yordamida yong`inni o`chirish qobiliyatlarini, odamlarga birinchi yordam ko`rsatish usullarini namoyish qilishdi. Festival NHK davlat telekanali orqali jonli tarzda efirga uzatildi.
Yaponiyada o`t o`chiruvchilar tabiiy ofatlar, zilzila va sunami vaqtida FVV xodimlarining vazifalarini ham bajarishadi. Shuning uchun yuqoridagi tadbirga katta ahamiyat berildi.






