Ukrainaning Mariupol shahrida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Nashrning xabar berishicha, keachi soat 22:00 da uyning uchinchi qavatida granata portlagan. Guvohlarning ma`lumot berishicha, portlash shaharning boshqa tumanlariga ham eshitilgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo`lgan. Voqea joyida polisiya, harbiylar va tibbiyot xodimlari ish olib borishmoqda.






