AsosiyJamiyat

1 yanvar kuni bedarak yo`qolgan 15 yoshli qiz topildi

'1 yanvar kuni bedarak yo`qolgan 15 yoshli qiz topildi'ning rasmi

Avvalroq 15 yoshli Nodira Yashatulaeva 2019 yil 1 yanvar kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi qarindoshining uyidan chiqib, yo`qolib qolgan haqida xabar bergan edik.

Toshkent IIBB xabariga ko`ra, qiz Yangiyo`l tumanidan topilgan. Uning aytishicha, u erga tanishlarinikiga borgan. Hozirda ushbu ma`lumot tekshirilmoqda.

Qizni topishda Toshkent IIBBga viloyat ichki ishlar organlari xodimlari yordam berishdi.

Qiz sog`lom, onasining yonida. Hozirda u bilan IIBB qoshidagi voyaga etmaganlarga ijtimoiy ko`mak beruvchi markaz xodimlari suhbat olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar