Moliya vazirligi telegram-kanalida O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, realizasiyasi bo`yicha aylanmasi qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladigan oziq ovqat mahsulotlari ro`yxati e`lon qilindi.
QQSdan ozod etish bo`yicha imtiyoz O`zbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana realizasiya qilishda qo`llaniladi.
Ro`yxatga quyidagi tovarlar kiritildi:
- go`sht (mol, qo`y, tovuq go`shti), shuningdek tirik hayvonlar (chorva mollari, parrandalar) va ularni so`yib olingan mahsulotlar;
- baliq;
- kartoshka;
- piyoz;
- tuxum;
- guruch (barcha navlari);
- shakar;
- non-bulka mahsulotlari (ishlab chiqarish va realizasiya qilishda).






