AsosiyDunyo

Makoley Kalkin o`ziga ikkinchi ism tanladi

'Makoley Kalkin o`ziga ikkinchi ism tanladi 'ning rasmi

“Uyda yolg`iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin o`ziga ikkinchi ism tanlamoqchi bo`ldi, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.

Buning uchun u muxlislaridan o`z ovozlarini berishlarini so`ragan. U ko`pchilikning fikriga quloq solib, 2019 yili o`z ismi sharifini o`zgartirishga va`da bergan.

Aktyor keltirib o`tgan ismlar variantlari ichida Makoley Kalkin, Shark Uik (Shark Week), Kiran, ZeMakRibIzBek (TheMcRibIsBack), Pablisiti Stant (Publicity Stunt) bor edi.

60 mingdan muxlislar birinchi variantga ovoz berishgan va endilikda 2019 yili aktyorning ismi Makoley Makoley Kalkin Kalkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar