AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Xo`jaobod​dagi hayvonot bog`ida yuz bergan fojia bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

'Bosh prokuratura Xo`jaobod​dagi hayvonot bog`ida yuz bergan fojia bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

Avvalroq, Andijondagi hayvonot bog`ida sher qorovulning o`limiga sabab bo`lgani xabar qilingandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qilishicha, 2018 yil 30 dekabr kuni soat 16:30 lar chamasida, «USMONOBOD FAYZI» MChJga qarashli Xo`jaobod tumani Xidirsha MFYda joylashgan, ishga tushirilmagan «Hayvonot bog`i» soqchisi X.A., jamiyatda hech kim yo`q vaqtda, bu joyda boqilayotgan 2 ta sher yirtqich hayvoni yoniga ular bilan o`ynash maqsadida borib, qafas ichiga kirganida, sherlar X.A.ga tashlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasining olingan dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, «bo`yin va tananing boshqa sohalarida ko`plab ochiq yaralar, tananing orqa yuzasida ko`plab o`tkir botiq yaralar jarohatlari» etkazilishi va o`tkir qon tomir etishmovchiligi natijasida voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga tuman prokurori, uning 1-o`rinbosari, tuman IIB boshlig`i va tezkor tergov guruhi etib borgan.

Tergovga qadar tekshiruv tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv davomida 2018 yil 30 dekabr kuni Sud-tibbiy va sud-kriminalistik ekspertizalari tayinlangan.

Shuningdek, 2018 yil 31 dekabr kuni «Andijon viloyati bandlik bosh boshqarmasi»ga «Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» qoida talablari buzilgan yoki buzilmaganligi yuzasidan tekshiruv tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar