Joriy yilning 2 yanvarga o`tar kechasi noma`lum shaxs Andijon shahrida “Jumabozor” MFYda joylashgan Andijon tumanida yashovchi K.A.ga tegishli “Paynet” shahobchasi eshigini buzib kirib, u erdan 3 mln. 350 ming so`m puli va vaucher to`lov kartalarini o`g`irlab ketgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Kalandarxon” MFYda yashovchi Sh.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






