AsosiyJamiyat

Chilonzor metrosi yaqinidagi hudud shubhali chamadon tufayli to`sib qo`yildi

'Chilonzor metrosi yaqinidagi hudud shubhali chamadon tufayli to`sib qo`yildi'ning rasmi

Kecha, 2 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor metro bekati yaqinidagi hudud shubhali chamadon tufayli to`sib qo`yildi.

«Bugun soat 13:15lar atrofida erkak kishi 102 raqamiga qo`ng`iroq qildi va «Chilonzor» metro bekatiga yaqin joyda egasiz chamadon yotganini xabar berdi. Maxsus amaliyotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek, boshqa tezkor xizmatlar guruhlar xodimlari u erga etib borishdi. Tekshiruv chog`ida chamadon ichida eski matras borligi aniqlandi», – deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Shuningdek, kecha ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda fotosuratlar tarqaldi, unda huquqni muhofaza qilish organi xodimi Chilonzor metro bekati yonida egasiz chamadonni tekshirayotgani tasvirlangan.

    Boshqa yangiliklar