Kecha, 2 yanvar kuni Toshkent shahrining asosiy yangi yil archasi o`rnatilgan va xalq sayllari o`tkazilayotgan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi oldidagi maydonda 24 nafar bola yo`qolib qolgan.
Yo`qolganlar orasida 2 yoshdan 15 yoshgacha bolalar bo`lib, ularning qarindoshlari IIBB xodimlariga murojaat qilgan.
IIBBga xabar berilgach, darhol rasiya orqali yo`qolganlarning yoki, aksincha, topilgan bolalarning belgilari aytilgan. Shu tarzda ota-onalar va bolalar tezda topishgan.
Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlarni Yangi yil sayllari 8 yanvargacha davom etishi, sayr davomida bolalarni ko`zdan yo`qotmaslik uchun hushyor bo`lishni tavsiya qilgan.






