AsosiyJamiyat

Samarqanddagi YTHda uch yashar bola vafot etdi

'Samarqanddagi YTHda uch yashar bola vafot etdi'ning rasmi

Samarqand shahrida 2 yanvar kuni Samarqand tumanida yashovchi 35-sonli o`rta maktabning 14 yoshli 9-sinf o`quvchisi D.X. hujjatlarsiz bobosining nomidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Zarafshon shox ko`chasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisining 3 yoshli o`g`li jarohat olib voqea joyida vafot etgan va haydovchi hamda uning turmush o`rtog`i va 1 yoshli qizi jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar