AsosiyJamiyat

Toshkentda 1 yanvar kuni yo`qolgan 15 yashar qiz qidirilmoqda

'Toshkentda 1 yanvar kuni yo`qolgan 15 yashar qiz qidirilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yoshli Nodira Yashatulaeva 2019 yil 1 yanvar kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi qarindoshining uyidan chiqib, yo`qolib qolgan haqida ma`lumotlar tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Qizning ota-onasi ichki ishlar idoralariga 2 yanvar kuni murojaat qilgan. Ularning aytishicha, Nodira avval ham uydagilarni ogohlantirmay, qarindoshlarinikiga ketib qolgan, shu sababli bu haqda darrov huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilmagan.

Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, Nodiraga o`xshash qizni To`ytepa shahridagi supermarketlardan biridagi archa atrofida ko`rishgan. Hozirda qizning ota-onasi va Sergeli tuman IIB xodimlari o`sha erda bo`lib turibdi.

Nodira Yashatulaevani ko`rgan-bilganlardan 102 telefon raqami orqali xabar berishlari so`ralgan.

    Boshqa yangiliklar