Burkino-Fasoning shimoliy qismida qurolli hujum oqibatida 13 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Hodisa 1 yanvar kuni sodir bo`lgan. Noma`lum shaxslar olti kishini o`ldirgan. Ularning orasida qishloq oqsoqoli va uning o`g`li ham bo`lgan. Mazkur jinoyatga javoban mahalliy aholi Fulbe (Peuhl) elatiga mansub etti kishini o`ldirishgan.
Qurolli hujumdan keyin vaziyatni barqarorlashtirish uchun voqea joyiga xavfsizlik kuchlari xodimlari etib keldi.






