Gollandiyalik astronavt Andre Keypers fazodan turib qo`ng`iroq qilganda, tasodifan Amerikaning 911 qutqaruv xizmatiga tushdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Andre Keypersning so`zlariga qaraganda, u Xyustondagi Jonson fazo markazining 9011 raqamli telefoniga qo`ng`iroq qilmoqchi bo`lgan, ammo vaznsizlik tufayli 911 raqamini terib yuborgan. Ertasi kuni esa nima uchun qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qilgani haqida elektron pochtasiga xat kelgan.
Ma`lum bo`lishicha, qutqaruvchilar guruhi Er va stansiya o`rtasida aloqani bog`lab turuvchi xonaga etib kelib, uni ko`zdan kechirishgan.
"Qutqaruvchilarning mening oldimga chiqishmaganidan biroz xafa ham bo`ldim", — deb hazillashdi Keypers.






