AsosiyDunyo

Tallinda kuchli shamol tufayli samolyotlar erga qo`na olmadi

'Tallinda kuchli shamol tufayli samolyotlar erga qo`na olmadi'ning rasmi

Kecha Estoniya poytaxti Tallin shahrida kuchli shamol esganligi, ko`rish qiyinlashganligi tufayli bir nechta samolyotlar erga qo`na olmadi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Kopengagenning SAS aviakompaniyasiga tegishli samolyoti erga qo`na olmay, ortga – Kopengagenga qaytgan. Berlin va Riganing Air Baltic aviakompaniyasi samolyotlari esa Riga shahriga favqulodda qo`nishni amalga oshirgan. Vilnyus, Stokgolmdan parvoz etishi kutilgan reyslar esa bekor qilingan.

    Boshqa yangiliklar