Davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovining yangi miqdorlari 2019 yil 1 maydan joriy etiladi.
Normaning yozishicha, ungacha to`lov 2018 yil uchun belgilangan amaldagi miqdorlar bo`yicha amalga oshiriladi.
Davlat bolalar bog`chalarida ota-onalar bolalari uchun qancha miqdorda to`lashlari muacsasa joylashgan joy va uning ish rejimiga bog`liq.

Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog` va G`uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako`l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo`rg`on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo`shrabot, Urgut, Bulung`ur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G`allaorol, Forish, Mirzacho`l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Farg`ona viloyatining So`x tumanida, Farg`ona tumanining «Shohimardon» va «Yordon» qishloqlarida joylashgan davlat MTMda bolalar ta`minoti uchun ota-onalardan har oyda olinadigan to`lov miqdorlari o`rnatilgan miqdorga nisbatan 50% miqdorida belgilanadi.
Hujjat 1.05.2019 yildan kuchga kiradi.






